Alisher Navoiy korpusi

451

Qizil yoxud qora yo ko'k to'nung har bir erur mavzun,

Nechukkim oy libosi ham shafaq, ham kecha, ham gardun.

Chu men ko'rgach seni behush o'lub, shafaq bila eltib,

Kirib ikki qo'lumg'a yig'la-yu Farhod ila Majnun.

G'amim xayli tuz etti tog'ni, tog' etti sahroni,

Bu homun birla tog' erdiki, bo'lmish tog' ila homun.

Yuzung shavqida ohimdin bulutlarg'a tutashmish o't,

Sahob ermas quyoshning partavidin har taraf gulgun.

Gar ermas nassi qoti' qatl uchun har ko'z bila qoshing,

Nachuk bas zohir etmish har biri sod ustida bir nun.

To'lub, la'ling xayoli oqizur ko'z shishasidin qon

Aningdekkim, to'kulgay boda bo'lsa zarfdin afzun.

Eshit mayxona ichra dayr piridin haq asrori,

Ki voiz xonaqahda goh der afsona, gah afsun.

Sog'inma bodag'a mash'ufmen, ey mug'bacha, billah,

Ki usruk ko'zlaringning fitnasi qilmish meni maftun.

Navoiy, olam ahli gar vafosiz keldi, may ichgil,

Anga chun chora yo'q, bore o'zungni tutmag'il mahzun.

  • Semantik izoh: