
Alisher Navoiy korpusi

452
Erur sargashta xoki tan aro majnun ko'ngul har yon,
To'n etkanda quyundin jismig'a Majnuni sargardon.
Yolang jismim ko'rub oncha balo tig'ini yondurdung,
Ki zaxmim bog'lamoqtin emdi ermastur tanim uryon.
Jununum hayratig'a vahsh davrumg'a urub halqa,
Musha'bid la'big'a hangoma ahlidek bo'lub hayron.
Meningdek toza dog'i zaxmidin qon g'arqidur lola,
Magarkim dog'ini bag'rig'a qo'ydi shu'lai hijron.
Tuzaldi Nuhning to'fonidin so'ng dahr-u ashkimdin
Qiyomat oshkoro bo'ldi ul to'fon-u bu to'fon.
Ichib garduncha sog'ar, kosh andoq bexud o'lsamkim,
Ikinchi surdin ham bo'lmag'ay uyg'onmag'im imkon.
Jahon osoyishin ollingda mushkil qilmakim, bordur
Tutay mushkil desang – mushkil va gar oson desang - oson.
Ko'p, ey gul, urma bulbul jonig'a bedod xorinkim,
Sen-u mendek gul-u bulbulni ko'p o'tkardi bu bo'ston.
Navoiy, qilma ayb afg'on-u faryodimki, davrondin
Ne bir faryod-u o'n afg'onki, yuz faryod-u ming afg'on.