Alisher Navoiy korpusi

453

Ishqing o'tig'a quruq jismim o'tun,

Ko'ngul axgardur anga, oh-tutun.

Tig' ila yordim-u ko'ksungni, demang,

Aylamas tig' ila xud oni butun.

Ro'zgorim qorarib zulfungdin,

Tori umrumg'a tugun uzra tugun.

Vasl aro debsen olurmen jonin,

Hajring olmaymudurur angla burun.

Va'dai vaslin etar tong-la netay,

Intizori meni o'ltursa bukun.

Boda zarfi boshig'a tiqmaq uchun,

Soqiyo, qolmadi xirqamda yurun.

O'ynab o'lturdi Navoiyni, ko'ring,

Chini ne erkin, agar budur o'yun.

  • Semantik izoh: