Alisher Navoiy korpusi

455

Jilvai qadding ko'rub, sarvi ravondin kim desun?

Javhari la'ling borinda naqdi jondin kim desun?

Do'st ko'yunda vatan chun tuttilar ahli visol,

Men kibi ovorai bexonumondin kim desun?

Ko'p dema voizki, ul qaddu lab-u yuz ollida,

To'bi-yu kavsar bila huri jinondin kim desun?

Og'zi vasfida deyilgay xurdadonlar, ey ko'ngul,

Sen kibi ma'dum, benom-u nishondin kim desun?

Bordurur ani yuzungdakim, quyoshta oncha yo'q,

Sen borinda xud quyoshkim, bo'lg'ay ondin kim desun?

Shayx so'z maqsudi asli kasbidin ko'p so'rdi, lek

Chora anda juz fano yo'q har qayondin kim desun?

Gah zamondin shikva, gah ahli zamon javrin dema,

Boda ich, ahli zamon bir-la zamondin kim desun?

Gar Navoiy desa ul yuz gulshanidin qilma ayb,

Demayin bulbul hikoyat gulistondin kim desun?

  • Semantik izoh: