Alisher Navoiy korpusi

456

Buki zulfung domig'a ko'nglum qushi urmish o'zin,

Ko'rmaking erdi murodi, tikmagil bore ko'zin.

To seni ko'rdum, ko'zumdin o'zlugum bo'ldi nihon,

Kim seni ko'rsa, yana ko'rmas emish hargiz o'zin.

Yo'qki oshiqlik, so'zumdin fahm o'lur ma'shuqluq,

Baski, dermen o'z-o'zum birla aning bir-bir so'zin.

Subhi davlat tal'ati boshida durri shabcharog',

Tong boshida ko'r tulu' etkan saodat yulduzin.

Xoni husni ichra sabzi xatti sabz-u tuz labi

Sen ne ogah ul naimi ravzadin, totmay tuzin.

Bahra xo'rd-u xobdin ul topti, bu davrondakim,

Qildi ehyo kechasin, soyim kechurdi kunduzin.

Ko'nglini istay Navoiy bu sababdin ittikim,

O'z bila qilg'ay ikavlon ul g'aribi yolg'uzin.

  • Semantik izoh: