Alisher Navoiy korpusi

457

Manga har nechakim yo'q zahra dam urmoq visolingdin

Va lekin kom olurmen ulcha mumkindur xayolingdin.

Vafo bog'ida tufrog' o'ldum, ammo, voykim, tushmas

Gahe bir gul bu tufrog' ustiga sarkash niholingdin.

Visolingdin ko'ngul navmid esa, darding chekar nevchun,

Ki andin dog'i ko'p navmidroqdur chun misolingdin.

Iki zulfung ko'ngul domi, ne yanglig' asray ul qushni,

Ani tutmoqqa jidd ma'lum o'lur chun “jim”-u “dol”ingdin.

Nachukkim bo'lsa dil lafzig'a nuqta “zul”, bo'lur hosil

Mazallat ikki ayrilg'on ko'ngulga yetti xolingdin.

Latofat suyi ul yuz, “jim” ila “lom” ikki yondin zulf,

Bu so'zni fahm aylar bahravar bo'lg'on jamolingdin.

Tama' eldin vafo qilg'on, sudin o't istading chiqmoq,

Agar topsang, dog'i kuygung bu savdoi muholingdin.

Durust mehr zarfida to'la hayvon suyi ichmak

Emas ichkanda durd, ey mug'bacha, sing'an safolingdin.

Navoiy, gar boshing go'y etsa ul chobuke, yomon ermas,

Yomon budurki, ermas voqif ul sargashta holingdin.

  • Semantik izoh: