Alisher Navoiy korpusi
458
Ko'ngulki, har sari chok o'ldi tig'i hijrondin,
Bir uydururki, topibdur shikast har yondin.
Sirishkim ayladi aflok javrini mamlu,
Kishi ne so'z degay oning qoshida to'fondin.
Yaqosi chokini Majnunning asr-u ko'p o'kma,
Uyal bu ko'ksi uza chok jismi uryondin.
Xayoli ko'nglum aro sokin-u parishonmen,
Ki g'ayri gardi fano yog'mas ushbu vayrondin.
Balo o'qi ko'zi yog'durdi, ey musulmonlar,
Nelar kelur manga ul ikki nomusulmondin.
Yetur ko'ngulga necha davr ayog'i birla nishot,
Necha malol sanga yetsa ahli davrondin.
Navoiy, aytma, gar jon keraktur, andin o't,
Nedinki o'tsam yuz jondin, o'tmagum andin.