
Alisher Navoiy korpusi

459
Hajr shomi baski seli ashk oqizdim qayg'udin,
Ko'zdin o'ldum noumid ul nav'kim, ko'z uyqudin.
O'z ko'zung birla o'zungni garchi ko'rdung ko'zguda,
Ko'zgu aksidek va lekin muztaribmen ko'zgudin.
Chok etib yonimki, ko'rguzdung so'ngak dandonasin,
Bul-ajab holimg'a qildi za'f jismim kulgudin.
Ko'yunga borurda gohi vahm, gah rashk o'lturur,
Soya tebransa keyindin, mehr chiqsa o'trudin.
Qon yoshim seliki tutmish dasht birla tog'ni,
Arg'uvon-u loladin o'zga ne butkay ul sudin.
Charx mino sog'aridin istama no'shi hayot,
Ne uchunkim, bodasi mamzuj o'lubtur og'udin.
Masti ishq o'lmish Navoiy, bermagil pand, ey hakim,
Kim magar soqiy ayildurg'ay bu mayning behudin.