Alisher Navoiy korpusi

46

Bo'lmayin husn ko'ngul topmadi ishq ichra tarab,

Anga Haqdin talabi ishqdurur husn talab.

Dahr bo'stonida bir husn guli ochilmas,

Bulbuli ishq agar bo'lsa navosiz, ne ajab.

Otashin yuzga yetib, qayda ko'ngul o'rtangay,

Bo'lmasa zulf kamandi anga bu ishda sabab.

Talxliq birla berurmu kishi shirin jonin,

Noz ila talx hadis aylamasa shirin lab.

Bir quyosh mash'alidin jonima ur ishq o'ti,

Yo'q esa sham'i hayotimni o'chirgil, yo rab.

Soqiyo, ishq o'ti gar yo'q, may o'tin ravshan qil

Ki, kul o'lsun nafasi xoru xas, ranj-u taab.

Ko'rgach-o'q axtari husn, o'lsa Navoiy, tong yo'q

Kim, o'tub umr, tulu' etti bu farrux kavkab.

  • Semantik izoh: