
Alisher Navoiy korpusi

461
Dema gulgundur libosim ashkning xunobidin,
Shu'ladurkim, o'rtanurmen hajr o'tining tobidin.
Ko'zlarin kofir desam yo'q, ey musulmonlar, ajab,
Kim ikovlon yuz evurmishlar qoshi mehrobidin.
G'unchai serobi hayvon chashmasidur go'yiyo,
Anda su inmish oqib har yon guli serobidin.
Qush solib sayd etmagilkim, maxlasi yo'q berkishib,
Jon qushi boshingg'a sanchilg'an gajak qullobidin.
Xo'blar oshiqlarig'a mehrin etkan chog'da arz,
Lofdur, har neki sen dersen muhabbat bobidin.
Bodai sofu, harifi soda-yu mushfiq rafiq,
Gar muyassar bo'lsa bas, olamda aysh asbobidin.
Uyqudin ko'z ochmading, go'yo ani baxtim kibi
Aylading yag'mo Navoiy didayi bexobidin.