Alisher Navoiy korpusi

462

Har qatra qonki tomdi ko'ngul toza dog'idin,

Bir toza lola ochti g'aming hajr tog'idin.

Demon, ichinda xurda nihol qildi g'unchakim,

La'ling g'amida o't chiqar oning dimog'idin.

Tengdur shah-u gado xatikim, duda birdurur

Shah bazmi sham'idin, dag'i gulxan charog'idin.

Ermas uchuq, shakarga yopishti chibin pari,

Ikki labim bila ani olsam dudog'idin.

Mast uyqu ichra topmas-u bir kecha olmasam

Ikki ko'zumni tongg'acha oning ayog'idin.

Gulda vafo yo'qin qayu bir qushki angladi,

Hargiz vafo guli tilamas dahr bog'idin.

Doim yuzung xayoli Navoiy ko'zindadur,

G'oyib emasturur pari oning bulog'idin.

  • Semantik izoh: