Alisher Navoiy korpusi

463

Sirishkim la'li otashnok-u xatti mushkboridin,

Chiqardi dud jonning o't tutashqan ro'zgoridin.

El eltur xorni-yu sel xoroni bil, ey bulbul,

Ki g'am yo'q dasht-u tog' ahlig'a Majnun rahguzoridin.

Sarig' kog'azda jadval mashqidur shingarf ila yoxud

Yuzumda chekti xatlar ishq gulgun ashk toridin.

Tanimda dog' ila qonmu ekin yoxud bu Majnunni

Vuhush o'tkardi sudrab ishq dashti lolazoridin.

Dema kun tushkacha uyqug'a qolmishkim, ocha olmas

Ko'zin yo nozdin yoxud sabuhi may xumoridin.

Maloyik ishqsiz gar erdi sen bor ulki hajringda,

Tutashti barchag'a o't shu'lai ishqim sharoridin.

Ayoq izzat bila bos yergakim, har sabzavu lola

Nishon bir yuz gulidin ayturu bir xat g'uboridin.

Ajab yo'q dasht aro Majnun quyundek sadqasi bo'lmoq,

Qayon bir noqa ko'rsa sog'inib Layli qatoridin.

Navoiy istagan yor ixtiyori birla maqsudin,

Magarkim chekkay o'z maqsudi birla ixtiyoridin.

  • Semantik izoh: