Alisher Navoiy korpusi

464

Vafo yo'linda, eykim, topmading istab asar mendin,

Degaysen bilganing ul bevafo so'rsa xabar mendin.

Tanimda qadding-u la'ling firoqi tiyrboronin

Kishi ko'rsa, gumon qilg'ayki, butmish nayshakar mendin.

Jigargun bo'ldi qasring toshi la'ling hajrida baskim,

Sirishk o'rnig'a hajr oqizdi qon bo'lg'an jigar mendin.

Aningdek soldi ishqing shu'la jonim ichrakim, shaksiz,

Maloyik barcha kuygay, ko'kka tushsa bir sharar mendin.

Bo'lubmen ul parivash furqatidin telba it yanglig',

Qayon yuzlansam, ey ahli saloh, aylang nazar mendin.

Qilib Farhod-u Majnun ishqi o'tin sharh, ey roviy,

Bo'lub garmi takallum forig' o'lmishsen magar mendin.

Ne tong, siymob yanglig' oqsa ko'zdin siymgun ashkim

Ki, siymob aylamish hush-u xirad bir siymbar mendin.

Amal sarrishtasin qilma mutavval, kelganin xush ko'r,

Tutung ahbob, yod ushbu kalomi muxtasar mendin.

Jahon-u jonni tark aylab, aning ko'yida azm ettim,

Navoiy, bas munosib erdi bu yanglig' safar mendin.

  • Semantik izoh: