Alisher Navoiy korpusi

465

Yo'qturur majlisda ayshe furqating bedodidin

Yuz fig'on, gar bo'lmasam xursand vasling yodidin.

Nechakim tushsam yiroq bu maslahatqa, yaxshikim,

Ting'asen har kecha ko'nglum nolavu faryodidin.

Zulf-u qadding furqatidin necha qilsam gashti bog',

Ovuna olmon chamanning sunbul-u shamshodidin.

Pand ila sabrim uyin, ey aql, ma'mur istama,

Kim qo'ngarmish ko'z yoshim seli ani bunyodidin.

Deb eding jononsiz o'lsang, joning olg'um, ey ajal,

Jon fidong, ar va'dani o'tkarmasang miyodidin.

Savmdin ko'nglum qushi mayl etti su-yu donag'a,

Lekin og'zin bog'ladim, qo'rqib ajal sayyodidin.

Ey Navoiy, kimdurur bu dayr aro ahli najot,

Ulki chiqmas dayr piri amri-yu irshodidin.

  • Semantik izoh: