
Alisher Navoiy korpusi

466
Ko'zgu har dam sudur ul ruxsori olamso'zdin,
Muz aningdekkim erir mehri jahonafro'zdin.
Yuz ochib, bildirdi qad birla sochi teng erkanin,
Zohir o'lg'ondek tun-u kun tengligi navro'zdin.
Istasangkim, tikkasen yuz pora ko'nglum chokini,
Yaxshiroq hech igna yo'q ul novaki dilso'zdin.
Ishq gard etkan tanimdin hajr o'ti uchqunlari,
Tig' har yon lam'a ko'rguzgan kibidur to'zdin.
Onglading ko'nglum, chu soid ko'rguzub qovmaq nedur,
Javr ila ketmak chu kelmas saydi dastomo'zdin.
Soqiyo, davron g'amidin ranjamen, ko'nglum aro
Past qil anduh o'tin jomi nishotanduzdin.
Kech, Navoiy, jon-u ko'nglungdinki, yo'qtur ishq aro
Chora ohi jongudoz-u nolai dilso'zdin.