
Alisher Navoiy korpusi

467
Ey musulmonlar, fig'on ul kofiri xudkomdin,
Kim chiqardi ko'kka afg'on lashkari islomdin.
La'li ruhafzosidin bir bo'sa payg'om ayladi,
Garchi yolg'on erdi, men jon toptim ul payg'omdin.
Zulf-u ruxsoringdin ayru garchi yo'q shomimg'a subh,
Sham'dek har kecha to subh o'rtanurmen shomdin.
Zulfidin ko'nglumki maxlas topti, bor ul telbakim,
Banddin qochmish vayo qushkim qutulmish domdin.
Furqat ayyomidakim yod etmas ul mahvash meni,
Vasl topsam, ne dag'i yod etmay ul ayyomdin.
Jomi mayda bo'ldi chun ul but jamoli jilvagar,
Kofiri ishq o'lg'amen, gar bosh ko'tarsam jomdin.
Dayr aro, eykim, Navoiydin tilarsen nom-u nang,
Bilkim, ul bu yerga qochib keldi nang-u nomdin.