
Alisher Navoiy korpusi

468
Vasl etti yor va'da labi jonfizosidin,
Go'yo bu so'zni aytti jonim arosidin.
Gar ko'rmading shafaq uza xurshid, ey ko'ngul,
Ehsos qil ani yuz-u gulgun qabosidin.
Munglug' ko'ngulning ohidin etmas raqib vahm,
Yo'q itga bok ishq gadoyi asosidin.
Ishq ichra o'ldum, ohki, qutqarmadi meni,
Davr ofati ul ofati davron jafosidin.
Olamni hajr zulmati tutqay, sovursa yel
Kuygan fatilani yangi dog'im qarosidin.
Charx danida bodai g'am to'lmish, ey rafiq,
Juz hajr zahri qilma tama' davr kosidin.
Sabt o'lmasa, Navoiy, ani nazm zaylida,
Fahm aylar ahli dard kalomi adosidin.