
Alisher Navoiy korpusi

469
Yana ne chehrag'a o't soldi mayki, hayronmen,
Yana ne turrani yel ochtikim, parishonmen.
Uchurki, ey quyun, ul oy boshig'a evrulayin,
Bu damki yo'lida tufroq birla yaksonmen.
Biri fusun-u biri simyog'a haml etarlar el,
Chu za'fdin kelibon ko'zlariga pinhonmen.
Vuhush aro meni dasht ichra ko'rdi chun Majnun,
Tasavvur ettikim, ul xaylg'a nigahbonmen.
Chu xalqdin qochibon dayr sori yuzlandim,
Rafiqlar, bilingiz, vahshiyi biyobonmen.
Chu bilmay elga vafo ayladim – jafo ko'rdum,
Ne sud emdi, agar nechakim pushaymonmen.
Navoiy emdi qilurmen Hijoz ohangi,
Sog'inmag'il yanakim ozimi Xurosonmen.