Alisher Navoiy korpusi

47

Jamolin ayla ulus ko'zidin nihon, yo rab,

Nihon o'tumni aning ko'nglig'a ayon, yo rab.

Ayog'i chunki yetar ostoni tufrog'ig'a,

Boshimni aylagil ul xoki oston, yo rab.

Agarchi emin emon bir zamon jafosidin,

Chekardin ani manga bermagil amon, yo rab.

Demonki, lutfini, javrini dog'i mendin o'gun

Birov xayolig'a o'tkarma, nogahon, yo rab.

Zamon-zamon chekibon ishq o'ti shu'lasini,

Yorut ko'ngulni ul o't birla har zamon, yo rab.

Agarchi aylamasang yaxshi, yaxshi ko'rguzgil

Meni anga nechakim bor esam yomon, yo rab.

Navoiy ohini yetkur anga, vale qo'yma

Aning jamolida bu duddin nishon, yo rab.

  • Semantik izoh: