Alisher Navoiy korpusi

471

Har tarafkim borur ag'yor ila jonon talashurmen,

Chun ajal qasd qilur o'lmakima, jon talashurmen.

Hajr tig' ursa, taloshimni o'lum xavfi sog'inma,

Kim shahiding bo'layin deb meni hayron talashurmen.

Boshoq ustida talashqon kibi mazra'da gadolar,

Dashti ishqing aro ushshoq ila paykon talashurmen.

Ey pariy, chun kiyik o'xshar iki ko'zunga biaynih,

Bu jihatdin meni devona biyobon talashurmen.

Garchi ag'yordin olmog'lig' emastur seni mumkin,

Turmog'umdur boqibon, onchaki imkon, talashurmen.

Achchig'im kelgali kavsarni achig' bodag'a tarjih,

Xurda ahli chu qilurlar meni nodon, talashurmen.

Qo'l solib hajr o'tida ul kishi yanglig'ki su urgay,

Ey Navoiy, chu oshar shu'lai hijron, talashurmen.

  • Semantik izoh: