Alisher Navoiy korpusi

472

Orazing naqshin ko'ngul lavhida tasvir etkamen,

Bo'lmasa taqdir ani ko'rmak, ne tadbir etkamen.

Ey qora ko'z, bo'lmas ul yuz shavqidin yuzdin biri,

Ko'z qorasidin agar yuz noma tahrir etkamen.

Yoshurun qolg'aymu ishqim, buylakim ul sho'xdin

Chiqsa bir so'z bexabar, yuz qatla taqrir etkamen.

Ne junundur buki, har tun ul parivash vaslig'a,

Yuz xayol aylab, yana borig'a tag'yir etkamen.

Eyki, dersen vasl koming bo'lsa, jon qilg'il fido,

Ul muyassar gar bo'lur, men xud ne taqsir etkamen.

Ishq azaldindur nasibim, nosiho, man' etmagil,

Man' qilsang ham, netib men man'i taqdir etkamen.

Ey Navoiy, naqdi jon bergil deding savdosig'a,

Buyla savdo gar muyassar bo'lsa, tavfir etkamen.

  • Semantik izoh: