
Alisher Navoiy korpusi

473
Bazm ichinda andoq ul mahvash xayoli birlamen,
Kim xayol andoq qilurmenkim, visoli birlamen.
So'zlashurda o'z-o'zum birla junun ahli kibi,
Ul parivash bel-u og'zi, qil-u qoli birlamen.
Gah kulub, gohiki yig'larmen xayol aylab ani,
Vasli ummidi-yu hijroni maloli birlamen.
Demagil maydin yuzum rangin, qulog'imdur qiziq,
Kim bu yanglig' hajr koj-u go'shmoli birlamen.
Og'zi-yu zulfi g'amidinkim erur nolamda mad,
Buyla mad tortarda aning “mim-u” “doli” birlamen.
Soqiyo, bir jomi may birla meni devona qil,
Kim mushavvash aql savdoyi muholi birlamen.
Ey Navoiy, aql sori emdi bo'lma rahnamun,
Kim, bo'lub devona, ishqi louboli birlamen.