Alisher Navoiy korpusi

474

Bir yuzi o'tluq sharori ishqidin mahrurmen,

Do'stlar, o'rtansam, etmang aybkim, ma'zurmen.

Ishqini ne sud pinhon tut demaktin, ey rafiq,

Emdikim ishq ichra rasvoliq bila mashhurmen.

Men kim-u uyqug'a ko'z yummoq, chu yo'qtur toqatim,

Orazidin ko'z yumub ochquncha gar mahjurmen.

Ne ajab Farhod-u Majnun zikrikim, bo'lmish unut,

Kim men el ichra junun-u ishq ila mazkurmen.

Obi hayvon ichmagaymen istabon daf'i xumor,

Menkim ul maygun labi jonbaxshdin maxmurmen.

Kimsaga chun yo'qturur bu korgahda ixtiyor,

Yo'q manga ayb-u hunar, gar mast, agar masturmen.

Ey Navoiy, vasl umidin yoqmog'il tuhmat manga

Kim men ul mahvashni bir ko'rmak bila masrurmen.

  • Semantik izoh: