Alisher Navoiy korpusi

475

Azimat aylama, ey sho'xi bexabar, har yon,

Meni firoqing aro qilma darbadar har yon.

Firoq shomida anjum emaski, ohimning

O'ti shafaq bo'lub, o'ldi judo sharar har yon.

Dema tanimda yangi dog'larki, ishqing o'ti

Chu tushti ko'nglum aro, ayladi asar har yon.

Yuzungda xollar ermas, ko'zung g'izolidur,

Ki tushti nofasidin qatra mushki tar har yon.

Ko'rung zaif tanim tegrasida javri toshin,

Yag'och tubida sochilg'on kibi samar har yon.

Qadamni faqr tariqida har taraf urma,

Tuz uyla qat'ki, bordur base xatar har yon.

Navoiy uchqali shavqungda tig'i hajringdin,

Aliflar anglama jismida, chiqti par har yon.

  • Semantik izoh: