Alisher Navoiy korpusi

48

Ey, jamoling gulshani xo'b-u visoling bog'i xo'b,

Elga lutfung xo'b esa, jonimg'a zulmung dog'i xo'b.

Maydin ul ruxsora gul-gul, bas muloyimdurki, bor

Sof su uzraki bir-bir tushsa gul yafrog'i, xo'b.

La'li ko'nglum holini so'rg'och, tirildim hajr aro,

Ne balo bor ermish oning la'lining so'rmog'i xo'b.

Dema bu olamda ul oy xo'b yo jannatda hur,

Ko'rmamishmen andag'in, bori erur mundog'i xo'b.

Mehrig'a ko'kta shafaq xo'b ermas andoqkim manga.

Moviy terlik uzra ul oyning qizil shirdog'i xo'b.

Tut yigitlikni g'animatkim, qarig'ach angladim

Kim, yigitlar ishqi bor ermish, yigitlik chog'i xo'b

Zohido, sen bo'l riyo avji uza masnadnishin

Kim, Navoiyg'a erur faqr-u fano tufrog'i xo'b.

  • Semantik izoh: