
Alisher Navoiy korpusi

480
Qil bu yon javlonki, jonni xoksoring aylayin,
Boshinga evrulgali qo'pqon g'uboring aylayin.
Bu bahona birla chunkim jonni sadqang ayladim,
Aql-u hush-u sabr naqdin ham nisoring aylayin.
Yuz agar ochsang, nazarning qushlarin sayding qilay,
O'q agar otsang, ko'ngul saydin shikoring aylayin.
Qochib el nazzorasidin gar kirarsen aksdek,
Ko'zgudek ko'nglumni temurdin hisoring aylayin.
Sen labingdin jon berib, vaslingdin elning ko'nglin ol,
Men hazin jon-u ko'ngulni xor-u zoring aylayin.
Xonaqahda, eyki, o'zluk jomidin maxmursen,
Kir fano dayrig'akim, daf'i xumoring aylayin.
To'lsa paymonang, Navoiy, dayr aro may birla yub,
Boshining xum kirpichin xishti mazoring aylayin.