Alisher Navoiy korpusi

481

Oh-u vovayloki, olam ahlining badholimen,

Har nafas bir dard-u mehnat xaylining pomolimen.

Ko'zdin oqqan tiyra qonim zor jismimni bo'yab,

Kim qurubtur xoma yanglig'durmen oning nolimen.

Toki ko'nglum itti-yu forig' bo'lubmen dardidin,

Ishq aro ko'nglin iturgan xayli forig' bolimen.

Baski bedoding yukin tortib qadim bo'lmish nigun,

Go'yi ul bedodning ostida qolg'on dolimen.

Ruhi Majnunning magar jismim aro qilmish xulul,

Buylakim, za'f-u junun birla aning timsolimen.

Ishq aro vasl istamon, qonimni to qildim halol,

Har nekim, ishq ahlig'a mushkuldurur, hallolimen.

Yor ila ushshoq-u men mahjur holim so'rmakim,

Ey Navoiy, bu jamoatning xarob ahvolimen.

  • Semantik izoh: