Alisher Navoiy korpusi

484

Maskanim hijronda bo'lsa erdi Marvi shohjon,

Bergay erdi hajrdin o'lsam, tanimg'a shoh jon.

Rashkdin jon-u ko'ngul bir-birga dushman bo'ldikim,

Goh vaslingni ko'ngul aylar tamanno, goh jon.

Noma sabt aylarda chiqti jon, vale kuydi ko'ngul,

Kim qoshingg'a noma birla bormag'ay hamroh jon.

Jon bila ko'nglumni asrarmen fido aylay debon,

Yo'qsa ermas ham ko'ngul matlubu ham dilxoh jon.

G'ayrdin xoli visolingni tilarmen, ohkim,

Ko'rmagay ko'z, bo'lmag'ay voqif ko'ngul, ogoh jon.

Furqatingda boda qo'ymas o'lgalikim, qaytarur,

Chiqqali og'zim sari mayl aylasa nogoh jon.

Ey Navoiy, uyla jon og'zimga yetmishkim, chiqar,

Furqatida har necha ohista cheksam oh, jon.

  • Semantik izoh: