
Alisher Navoiy korpusi

485
Yo'q damekim, ul quyosh yodida faryod aylamon,
Aylamon faryodkim, gardunni barbod aylamon.
Nola qilmonkim, xaloyiq ko'nglini qilmon hazin,
Navha chekmon el arokim, elni noshod aylamon.
Oraz-u qaddi xayoli bas menga, ey bog'bon,
Gul sari qilmon tamosho, mayli shamshod aylamon.
Qo'yma yuz hur-u pariy vasfig'a, ey roviyki, men,
Qiblai jon g'ayri ul huri parizod aylamon.
Aylamon ma'mur aql-u sabr ila ko'nglum uyin,
Chun meni buzdi, men ul vayronni obod aylamon.
Har necha qildim vafo, ko'rguzdilar javr, ey ko'ngul,
Ayb qilma, gar zamon abnosidin yod aylamon.
Ey Navoiy, tarki ishq etkim, qutulsam men dog'i,
Kimsaga ko'nglumni mundin nari mu'tod aylamon.