Alisher Navoiy korpusi

486

Ko'z bila qoshing aro ul xoli mushki nobdin,

Nuqta kofir uzra tushmish yo quyi mehrobdin.

Ul og'iz ollidakim har la'lidur obi hayot,

Nomunosibdur demak so'z g'unchai serobdin.

Uylakim, zulfung g'amin olamg'a tarqatmish nasim,

Ne ajab, sudralsa yuz jon bo'yni har qullobdin.

Nuqtai mavhum erur og'zing, netib kom istayin,

Kim tamattu' kasb qildi javhari noyobdin.

Hajr tob-u pechidin qisqardi umrum rishtasi

Tor ul yanglig'ki bo'lg'ay qisqa pech-u tobdin.

Olam asbobidin o't, gar istasang ko'nglungni jam',

Kim parishonlig'din o'zga yetmas ul asbobdin.

Ey Navoiy, yor ko'yida qora tufroq aro

Qolibon ortuq ko'rarmen bistari sinjobdin.

  • Semantik izoh: