Alisher Navoiy korpusi

487

Necha g'amim o'tin ahli zamong'a yetkurayin,

Sharor-u dudidin aning osmong'a yetkurayin.

Qadam boshimdin etib kuyi azmi qildimkim,

Bu makr ila ani ul ostong'a yetkurayin.

Labingg'a may bila no'shi hayot yetkandek,

Aning xayolini men dog'i jong'a yetkurayin.

Ko'ngul chu ko'yida gum bo'ldi, ne ko'ngul birla

O'zumni kom tilay gulsitong'a yetkurayin.

Ko'ngulni istayu vayron badang'a elturmen,

Ki xonumonini bexonumong'a yetkurayin.

Jahonda fitnadur, aylab surog' mayxona,

O'zumni sa'y ila dorul-among'a yetkurayin.

Navoiy ohi sanga za'fdin chu yetmas, kel,

Ki vasldin madad ul notavong'a yetkurayin.

  • Semantik izoh: