Alisher Navoiy korpusi

488

Ishq ichra qani men kibi zeru zabar o'lg'an

Har kimki yo'q andin batar, andin batar o'lg'an.

Chun dilbari kirpiklar o'qi har sari otqan,

A'zosi aro har sarimo' nishtar o'lg'an.

Menmen labi jonbaxshing uchun la'l masallik,

Bag'ri teshilib, g'arqai xuni jigar o'lg'an.

Dehqon deki, mendek yana davron chamanida

Kim ko'rdi vafo naxlig'a hijron samar o'lg'an.

Jismi sharar ayrilmoq ila bilki tugandi,

Ko'nglida muhabbat shararidin asar o'lg'an.

Mast ulki, jahon mehnatidin topti farog'at,

Davrong'a kelib ketkanidin bexabar o'lg'an.

Faqr ichra, ne tong, o'zlukidin kechsa Navoiy,

Fard o'ldi fano shevasidin bahravar o'lg'an.

  • Semantik izoh: