Alisher Navoiy korpusi

489

Oy botti munfail bo'lubon ul jamoldin,

Shoyadki, chiqmag'ay yana bu infioldin.

Zulfing xayoli ko'nglum uyi ichra to'lg'ali

Xoli emasturur nafase ul xayoldin.

Kim ko'rdi husn bog'ida sarve qading kibi

Hargiz tajovuz aylamagan e'tidoldin.

Sabrim uyini yiqsa qading naxli, tong emas,

Hargiz sutunkim ayladi navras niholdin?

Dardoki, o'ldum-u anga dardimni demadim,

Ko'nglin mukaddar aylamayin deb maloldin.

Yuz jon berib, vafo bani odamda topmading,

Kech emdi, ey ko'ngul, bu xayoli maholdin.

Xursandliq Navoiyg'adur bu umid ila,

Kim vasli toshqori xud emas ehtimoldin.

  • Semantik izoh: