Alisher Navoiy korpusi

491

Kuydum g'ami ishqimni ayon aylamakimdin,

Chekkay edilar kosh tilimni ko'makimdin.

Bir loladururkim, ichida dog'i niholdur,

Har qonki tomar dog'i nihoni yurakimdin.

Dasht ichra junun ahlig'a bo'ldi alami ishq,

Har xor uza pargolaki qoldi etakimdin.

Ishq ichra tiriklikda parishonlig'im anglar,

Ko'rgan kishi sahroda yoyilg'on so'ngakimdin.

Majnundek elarmen etakim birla chu tufroq,

Go'yoki fano gardi yog'ar ul elakimdin.

Hasrat ilikin tishlab icharmen g'amidin qon,

Ayshimni xayol et bu may-yu ul gazagimdin.

Hajrida Navoiy kibi matlubim emas umr,

Har kimni tilarmen chu yiroqmen mirakimdin.

  • Semantik izoh: