Alisher Navoiy korpusi

492

Kishi oyirsa bir bedilni yori dilpaziridin,

Umid ulkim, ayirg'ay tengri oni noguziridin.

Agarchi men asiri bo'ldum ul badmehrning, yo rab,

Judo qilma asirin andin-u ani asiridin.

Deb ermishkim, zamirimda anga zulm aylamak yo'qtur,

Chiqarg'il, yo rab, ushbu zulmni oning zamiridin.

Dimog'im topmasun maqsud isi, gar ko'yi tufrog'in

Topib, oni muattar istasam jannat abiridin.

Men-u, qon yutmog'-u mayxona tufrog'i, demang zinhor

Manga Jamshid jomi birla Afridun sariridin.

Ochildi chun eshiklar dayrg'a, may ichmay o'ldum mast,

Nechukkim ahli rahmat jannat abvobi sariridin.

Navoiy shodmondur barcha, gar o'lturgali ul shah

Qilibtur yod ahli ishq aro ushbu faqiridin.

  • Semantik izoh: