Alisher Navoiy korpusi

497

Kecha asru muztar erdim, vahki, shaydomen bukun,

Tun xud o'tti, lek onsiz noshikibomen bukun.

Ne so'zumni fahm etarlar el, ne men elning so'zin,

Bilmon elni-yu o'zumni — asru rasvomen bukun.

Ro'zgorim zulf-u, xol-u xattidin bo'lmish qora,

Ey xirad ahli, bilingkim, mahz savdomen bukun.

Elga jon bermakka chiqti, go'yiyokim rashkdin,

O'lmagay ollida aning kimsa illoh men bukun.

Multafitdur elga, men mahrum, bu damkim chekib

Tig', istar bir kishi qatlin, men avlomen bukun.

Ey ko'ngul, sen onsiz ermassen dame, bu damki men

Vaslig'a yettim, sen o'lg'ung ollida yo men bukun.

Yo'qturur Farhod ila Majnun magarkim bildilar,

Tog'cha anduhi birla dashtpaymomen bukun.

Ul pariy ishqida o'zluk tarki tuttim, soqiyo,

Bodakim, devona bo'lmoqqa muhayyomen bukun.

Do'stlar, qoching Navoiydinki, zulmi hajr aro,

Dardi dil ayturdin elga mehnatafzomen bukun.

  • Semantik izoh: