
Alisher Navoiy korpusi

498
Tugun bir-bir demon, yuz-yuz musalsal zulfi toridin,
Nishondurlar sarosar mo'r xaylining qatoridin.
Yuzi gul, zulfi sunbul, og'zi g'uncha, qomati savsan,
Nazohatda uyatlig'dur behisht aning bahoridin.
Havodis shomi solsa ro'zgor ichra parishonlig',
Nishon bil zulfida ko'nglum parishon ro'zgoridin.
Ani ko'rgach necha ishqim yoshursam, xalq anglarlar
Ko'ngulning iztirobidin, badanning iztiroridin.
Men onsiz tufrog' o'ldum, ey sabo, sen rahm etib bor-e,
Qorishtur ko'yining tufrog'ig'a jismim g'uboridin.
Meni ishq uyla rasvo qildikim, esmas mening sori,
Nasime kelsa nogah ofiyat mulk-u diyoridin.
Bu dayr ichra fano rasmin biravkim ixtiyor etkay,
Kushod imkoni yo'qtur kechmayin ul ixtiyoridin.
Mayi vasl, eyki, no'sh aylab, o'zungni aylading sarxush,
Guvoro bo'lsun, ar biym o'lmasa bu may xumoridin.
Navoiy sabr-u ishqidin ul oy forig'durur, ya'ni
Xabar yo'qtur anga bu benavoning yo'q-u boridin.