
Alisher Navoiy korpusi

499
Ko'rsa ne fikri tanim zaxmi-yu ko'nglum kuyganin,
Ulki na'lu dog'din hayf etmas o'z nozuk tanin.
Qayda ko'rsun, ko'rsa ne qilsun yoqam choki asar,
Mastlig'din ulki har dam chok etar pirohanin.
Xirmani sabrim kuyardin ne g'am ul kofirg'akim,
O't solibtur bodadin, ko'rgil jamoli hirmanin.
Garchi ranjim sa'b erur, vah, qayda parvo aylasun,
Qotilekim, ko'rdi tirguzmakcha o'lturmak fanin.
Anglag'ach qatl aylar erdi, shukrkim, bilmas kishi
Bazmi g'avg'osi aro ahli musibat shevanin.
Necha tavsanliq sukun andin burunroq ko'zlakim,
Olmag'ay kome, necha sursang yigitlik tavsanin.
Gulshani ishratqa siz azm aylangiz, ey ahli aysh,
Kim Navoiy bas og'ir olmish mazallat gulxanin.