
Alisher Navoiy korpusi

5
Yo rab, o'lg'on chog'da jonim jismi vayrondin judo
Ul bo'lub mundin judo, sen bo'lmag'il ondin judo,
Chun judo bo'lsam meni g'amnok yo'q-u bordin
Ne g'amim, sen bo'lmasang men zori hayrondin judo.
Naqdi jon chiqqanda imon gavharin ko'nglumga sol,
Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo.
Xonumondin oyirib, qilg'anda zindon ichra habs
Qilma lutfung men aloxon-u alomondin judo.
Hashr g'avg'osi aro osiylig'img'a rahm qil,
Lutf ila ilgim tutub, qil ahli isyondin judo.
Garchi o'ldum kofiri ishq ahli islom ichra qot,
Ul zamonkim bo'lg'usi kofir musulmondin judo.
Elga maxlas istasang, yetti tamug'ni ayla kul,
Aylabon bir shu'la bu ohi duraxshondin judo.
Jannat istab aylaganlarni ibodat qilmag'il
Kavsar-u to'bi-yu qasr-u hur-u rizvondin judo.
Barchadin ayr-u Navoiyg'a qilib vasling nasib,
Qilmag'il, yo rab, ani mundin, muni ondin judo