Alisher Navoiy korpusi
50
Yuzungda qironing erur bas ajoyib
Ki, oy davrida halqa urmish kavokib.
Ajab safhadur orazingkim, esirkab,
Ani xat bila qilmadi tiyra kotib.
Yuzung ollida har nafas tutma ko'zgu,
Quyoshni qamar yopmoq ermas munosib.
Erur suvrating zebi andoqki, bo'lg'ay
Raqam aylagan suvrat o'pmakka rog'ib.
Kishi suhbatidin qoch, ey lo''bati Chin,
Ki, lo''batlaring-o'q sanga bas musohib.
Yigitlar ishi pardadarlig'dir, emdi
Bo'ladur ko'ngul pardadarlig'larg'a rog'ib.
Navoiy, yigitlikni qo'y, chun qariding,
Qilib tavba, bo'l zuhd-u taqvog'a tolib.