
Alisher Navoiy korpusi

500
Kirpikimdur ashk qoni birla shoxi arg'uvon,
Rahm qil, ey arg'uvoni rang to'nluq navjuvon.
Ul iki ko'zdurmu yo ishqingda ayni za'fdin
Go'shai gulzor aro yotmishlar ikki notavon.
Dudi ohimni shararlar birla ko'rgan sog'inur,
Kim yetishti dard mulkidin yuz o'tlug' korvon.
To labing naqshi ko'zumda la'lgun ashkim kibi
Tutti yer, hayvon zuloli yuz sari qildim ravon.
Shod edim husn ahli onidin, qani ul ahli husn,
Ey ko'ngul, men g'ofil-u ermish g'animat ul avon.
Ey visol ahli, siz-u izzat bisoti uzra aysh,
Kim yetibdur bizga qismat ishqdin hajr-u havon.
Ey Navoiy, yor agar zulm etsa, shahg'a qil duo,
Kim anga tobi'durur adl ichra yuz No'shiravon.