Alisher Navoiy korpusi

501

Yozarda ishqing o'tin sekrir ohimdin sharar har yon,

Varaqda nuqtalar iynak shararlardin asar har yon.

Raqib ilgi jafo toshi ko'p otsa, bois ohimdur

Aningdekkim, itik yel shoxidin sochqay samar har yon.

Dam urmassen, labing shirinlig'in vasf aylasam, go'yo

Iki la'lingni bir-birga yopishturdi shakar har yon.

Ko'kargan dog'idur g'am toshlarining xasta jismimda,

Qurug' shox uzra chirmashib ochilg'ay nilufar har yon.

Suda gul barglar oqqon masallik la'li hajringda,

Oqar ashkim aro har qatra qon bo'lg'an jigar har yon.

Ko'ngulda o'qlaringdin bar yesam bir kun, ajab ermas,

Munungdekkim bu bog' atrofida ekting shajar har yon.

Beling sarrishtasig'a mubtalo bo'lg'on ko'ngul saydi,

Kiyikdekdurki, mahkam aylamish yo'lin kamar har yon.

Ne muhlik vodiy ermish Ka'bai maqsad biyoboni

Ki, adno mo'rdin bor ajdaholarg'a xatar har yon.

Navoiy rishtai zuhdi uzulsa, qilmangiz hayrat.

Munungdekkim ani usruk chekar bir siymbar har yon.

  • Semantik izoh: