Alisher Navoiy korpusi
503
Ko'ngul toshlar qorasin dog'larkim, qo'ydi g'am har yon
Junun ifrotidin devona sochqondek diram har yon.
Men ashk ichra cho'mub, har tun qilib hamsoyalar oshub,
Mening holimg'a yo'q o'tkan uchun uylarga nam har yon.
Erur har sari ushshoq ohidin, mendin emas bukim,
Bo'lur naxli qadig'a jilva aylar chog'da xam har yon.
Bulutqa humrat ermas mehrdin, balkim tutoshibdur,
Momuqdek baski chiqti ohim o'tidin alam har yon.
Bo'lur qon mushki, ishqing mushkini qon ettikim, bo'lmish
Qora shanjarf, holim yozg'ali qo'ysam qalam har yon.
Itibtur telba ko'nglum har taraf, ey ishqu dard, istang,
So'rayin ul parivash ko'yida men xasta ham har yon.
Ne vodiy qat'i qilmoqdur, fano dayrida sokin bo'l
Ki, qay ravzang'a qo'ysang ko'z, bo'lur mar'iy haram har yon.
Dame o'ksutmagil, yo rab, xarobot ahli g'avg'osin
Ki, ul undin kudurat qushlarig'a bo'ldi ram har yon.
Navoiydek qadam mayxonada berkit sutun yanglig',
Desang ollingg'a yuz g'am kelmagay, qo'ysang qadam har yon.