Alisher Navoiy korpusi

504

Ahd qildim, ishq lafzin tilga mazkur etmayin,

Til nekim, xomam tilidin dog'i mastur etmayin.

Barcha elga fitna bo'lg'an ko'zga maftun bo'lmayin,

Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.

Ishq kufri birla taqvo xonaqohin buzmayin,

But xayolidin ko'ngul dayrini ma'mur etmayin.

Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,

Har kun oning hajrida ko'nglumni maxmur etmayin.

Gar chiday olmay ko'ngul bersam birovga nogahon,

Bori el ichra chiday olg'ancha mashjur etmayin.

Zulm ila el jonig'a o't yoqma, eykim, shohsen,

Gar desang do'zax o'tig'a jonni mahrur etmayin

Garchi ma'zur o'ldi ma'mur, ey Navoiy, o'zni men

Do'st ma'mur aylagan xidmatda ma'zur etmayin.

  • Semantik izoh: