Alisher Navoiy korpusi

505

Muzayyan qilma marmar toshi birla tufrog'im boshin

Ki ko'nglum dudi Mashhad toshi aylar mashhadim toshin.

Bulut birla yog'in ermaski, ul oy hajrida har dam

Tiya olmon damim dudin, yig'a olmon ko'zum yoshin.

Azal naqqoshikim chekti yangi oy naqshini, go'yo

Qalam sof aylar erdi sizg'ali ul dilrabo qoshin.

Quvondi shayx zikri halqasidin naylasun miskin,

Alolo ichra kirmaydur malomat ko'yi avboshin.

Xaloyiq o'lganimni baxtim uyqusi sog'inmishlar,

Nechukkim tonimaslar tav'amonning ko'rsa qardoshin.

Soching fikriga to tushtum, musalsal bo'ldi ul savdo,

Qachon bildim men ul sarrishtaning bu nav' chirmoshin.

Jahonni kuydurur, ey mug'bacha, paymonai la'ling,

Magar ko'nglum o'ti birla qizitmishlar aning doshin.

Ajab mehru shafaq ermasmudurkim, topmadi hargiz

Xirad bu toq me'morin, nazar ul shamsa naqqoshin.

Navoiy, xonaqahda xirqavu sajjodang o'lmish qayd,

Bulardin maxlas istarsen, fano dayri sari yoshin.

  • Semantik izoh: