Alisher Navoiy korpusi

506

Sujud etar quyosh ollinda uylakim hindu,

Yuzung qoshinda quyosh lo iloha illo hu.

Quyosh yuzida boqardin nazar erur ojiz,

Yuzungdin etti magar aks zohir ul ko'zgu.

Yuzung nishonig'a har zarra gar emas tolib,

Quyosh jamolig'a zarrot nevchun etti g'ulu.

Magar tajalliyi husnungg'a mazhar o'ldi quyosh

Ki zohir ayladi oncha jilo bila yog'du.

Yuzung xijolatidin mehr uyla sarg'ormish

Ki subh aylar aning za'faronidin kulgu.

Yuzungni tushta ko'rar mumkin o'lsa, istarmen

Aningdek uyquki, andin so'ng o'lmag'ay uyqu.

Navoiy, ista visolin, bihisht istamagil,

Kishi bihisht borinda tamug'ni istarmu?

  • Semantik izoh: