Alisher Navoiy korpusi

507

Ne ajab gar qilmasam gul rangu bo'yin orzu

Kim, erur andin dimog'im ichra o't, ko'zumda – su.

Sarvni ham istamonkim, ko'zga andin o'qdurur,

Kimsa bir o'qni ko'ziga qayda qilg'ay orzu.

Guljabinlik sarvqad mohim kerak, yo'q sarvu gul,

Ul yuzu qadsiz manga ne ul keraklikdur, ne bu.

Qomatu ruxsori komimdur, yo'q ersa bog' aro

Har taraf ko'p saf tuzatgay sarvu gul qilg'ay g'ulu.

Sarvqadlar birla gul ruxsorini ko'p istadim,

Ul qadu yuzdin yiroq ko'nglumga taskin bo'ldimu?

Azmi dayr etsang, qilib g'usli tariqat, gom qo'y,

Lekin avval din ila islomdin ilgingni yu.

Ey Navoiy, dahr bo'stonida ko'ptur lavnu atr,

Lek yo'q mehru vafodin anda mutlaq rangu bo'.

  • Semantik izoh: