Alisher Navoiy korpusi

508

Yuzunga oshufta qoshlar bo'lmasa oshiq nag'u,

Bo'ldilar har qaysi bir devonai jo'lida mo'.

Bo'lmasa devona, bas, ne vajhdin zanjir etib,

Kelturubtursen ayog'i sori zulfi mushkbo'.

Ul araqnok otashin ruxsoringa mayl ettilar,

Telbalar moyil bo'lurlar, ko'rsalar o't birla su.

Telba ermas, balki ikki hindui sohirdurur,

Bosh qo'shib afsun uchun go'yo qilurlar guftugo'.

Yo tamosho qilg'ali, yo sehr ta'lim olg'ali,

Zulfining hindulari har soridin qilmish g'ulu.

Sho'xlarning qoshlarig'a, ey ko'ngul, mayl etmakim,

Ofiyat ko'yiga hojiblardur ikki ro'baro'.

Qoshig'a tushkan girihlar birla ko'nglung bog'lamish,

Ey Navoiy, ishqini tark ayladim deb bo'ldimu?

  • Semantik izoh: