
Alisher Navoiy korpusi

509
Ro'zada lab tashnalig'din qildi za'f ul mohro',
Jon berurmen la'lig'a to bo'lg'usi jonimda su.
La'lig'a su orzu bo'lmish susizlig' tobidin
Kim ko'rubtur chashmayi hayvon su qilmoq orzu.
Istaram ul gulni serobu bukim beob erur,
Xasta ko'nglum g'unchadek qon bog'lanibdur to'bato'.
Men solay ohim bila olamg'a zulmat, ey Xizr,
Sen su keynicha yugur chashmang sari olib sabu.
Za'fdin har dam quyoshim hushidin g'oyib bo'lur,
Ko'z soling, Tengri uchun, xurshid g'oyib bo'ldimu.
Rindlig'din zohidi hushk o'ldi ul oy ro'zada,
Garchi zuhd ahlin xarobot ichra qildi ko'bako'.
Ey Navoiy, har dam ul oy za'fdin behol erur,
Hech bilmon ki ne qilg'aymen, ajab hol o'ldi bu.