Alisher Navoiy korpusi

51

Ishqing ixfosig'a ne yanglig' bo'layin murtakib

Kim, bo'lurmen, har kishi otingni tutg'och muztarib.

Eyki, dersen: bormasun ul yuz sari ko'nglung qushi

Kim ko'rubtur sham'din parvona bo'lmog' mujtanib.

Ko'rmagan mushkin sahob ichra payopay soiqa,

Dudi ohimdin damo-dam shu'lalar ko'r multahib.

Gah ko'zidin o'lturur, gohi labidin jon berur,

Sho'xlig'dindur anga har dam burayi munqalib.

Rindlar, iflosdin g'am yo'q, to'kilgan bodadin

Aysh etarsiz, chunki mug' dayrig'a kirdi muhtasib.

Itlaringga nisbatimni rost qilsam, Qahf iti

Odamilarg'a o'zin qilg'an kibidur muntasib.

Markabing javlonida boshin Navoiy qildi go'y,

Ishq aro bo'ldi ajab sargashtalikka murtakib.

  • Semantik izoh: